ZO'R TV telekanali orqali efirga uzatiladigan sport kontentini tomosha qilish uchun “Premium” tarifini ulash zarur bo‘ladi.
“Premium” tarifi bo‘yicha abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘mni tashkil etadi.
Mazkur tarifni ulagan holda, siz ZO'R TV telekanalida taqdim etiladigan barcha sport translyatsiyalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1132 raqamidagi Call-markazga murojaat qilishingizni so‘raymiz.